Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real» «Arsenal» futbolchisining ukasini nishonga oldi

«Real» «Arsenal» futbolchisining ukasini nishonga oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Valensiya» yoshlar jamoasida to‘p surayotgan Yulian Moskerani o‘z safiga jalb qilishi mumkin.

15 yoshli ispaniyalik futbolchi — Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi, faoliyatini xuddi ukasi kabi «Valensiya»da boshlagan Kristian Moskeraning ukasidir. Yulian ham akasi singari markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi. ESPN nashrining xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» «ko‘rshapalaklar»ning istiqbolli futbolchisini o‘z akademiyasiga taklif qilishga urinib ko‘radi.

Yulian Moskera 2011 yilning yanvarida tug‘ilgan. U Ispaniyaning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazgan. Tabiiyki, yosh markaziy himoyachi hozircha «Valensiya»ning asosiy tarkibida ko‘rinish bergani yo‘q.

Kiritildi: 11:00, 01.05.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик