Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Benfika» Mourinyoning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi

«Benfika» Mourinyoning «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Benfika» Madridning «Real» klubi tomonidan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, bosh murabbiy Joze Mourinyoni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, ushbu haftada Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta murabbiy bilan uchrashib, kelasi mavsum rejalarini muhokama qilgan.

Manbaga ko‘ra, «Benfika» rahbariyati Mourinyo bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni istamoqda. Ayni paytda mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, amaldagi kelishuvda maxsus band mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, Mourinyo mavsum yakunlanganidan keyin 10 kun ichida 3 million yevro to‘lash orqali klubni tark etishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan vaziyatda «Real» Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha qaror qabul qilishni tezlashtirishi talab etiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:12, 02.05.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик