Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real»da oyning eng yaxshi futbolchisi tanlandi

«Real»da oyning eng yaxshi futbolchisi tanlandi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida aprel oyi yakunlari bo‘yicha jamoaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Mukofot yarim himoyachi Arda Gyulerga nasib etdi, deb xabar bermoqda Madrid Zone.

Turk futbolchisi aprel oyidagi beshta o‘yinda o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi, bu gollarning ikkalasi ham Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bavariya» bilan bo‘lgan safar o‘yiniga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, 21 yoshli futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bundan oldin Gyuler ushbu sovrinni oktyabr oyida yutgan edi. Shuningdek, joriy mavsumda Kilian Mbappe (to‘rt marta), Tibo Kurtua, Federiko Valverde va Vinisius Juniorlar g‘olib bo‘lishgan.

Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» La Liga 34-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadilar.

Kiritildi: 07:52, 02.05.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик