Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Xau: «Biz cho‘qqiga chiqmoqchimiz»

Xau: «Biz cho‘qqiga chiqmoqchimiz»

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa egalarining klubni yuqori cho‘qqiga olib chiqish istagi joriy natijalarga qaramay o‘zgarmasdan qolayotganini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Rahbariyatning yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Qirollik suveren jamg‘armasi (PIF) LIV Golf turnirlariga homiylik qilishni to‘xtatishi, biroq «Nyukasl» avvalgi hajmda moliyalashtirilishi qayd etildi. Hozirda jamoa APLda atigi 14-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, rahbariyatning ambisiyalari pasaygani yo‘q.

«PIF haqiqatan ham klubga befarq emas, ularda uzoq muddatli strategiya mavjud. Istak o‘zgarishsiz qolmoqda — biz liga cho‘qqisiga chiqishni va doimiy ravishda sovrinlar yutishni xohlaymiz», — dedi Xau.

Klub 2030 yilgacha muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan va infratuzilmani rivojlantirishni — yangi mashg‘ulot bazasini qurishni, shuningdek, stadionni kengaytirish yoki yangisiga almashtirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 08:39, 02.05.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик