Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Van de Ven yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin

Van de Ven yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Mikki Van de Ven yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanishi mumkin.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «MYU» 25 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda. «Qizil iblislar» himoyachining tezligi, to‘p bilan muomala qilish va to‘pni olib qo‘yish mahoratini yuqori baholamoqda. E’tiborli jihati shundaki, himoyachining «shporlar» bilan shartnomasida tovon puli belgilanmagan.

Van de Ven 2023 yilda «Volfsburg»dan 40 million yevro evaziga «Tottenxem»ga o‘tgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga yettita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Van de Venning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:33, 02.05.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик