Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus»ning Levandovski borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

«Yuventus»ning Levandovski borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski uchun da’vogarlar qatorida qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, polyak futbolchisi joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Gazzetta dello Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «byankoneri» 37 yoshli futbolchi uchun kurashdan chiqqani yo‘q, biroq avval Dushan Vlaxovich bilan bog‘liq vaziyatni hal qilib olmoqchi — uning ham shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Bu masala hal bo‘lmaguncha, yangi xaridlar bo‘yicha biror aniq qadam tashlanishi amrimahol.

Robert Levandovskining «Barselona»dan ketishi hozircha rasman tasdiqlanmagan, ammo tez orada hujumchining kelajagiga oydinlik kiritilishi kutilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya grandi futbolchiga maoshi sezilarli darajada kamaytirilgan bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Kiritildi: 09:50, 02.05.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик