Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus»ning 35 millionlik hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

«Yuventus»ning 35 millionlik hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid debyut mavsumida jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi. Kanalik futbolchining Turinga ko‘chib o‘tganidan bir yil o‘tib jamoani tark etishi haqiqatga yaqin istiqbol sifatida ko‘rilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi va Angliya Premyer-ligasining ismi oshkor etilmagan jamoasi 26 yoshli futbolchi bo‘yicha allaqachon so‘rov yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Jonatan Devid «Yuventus» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi, ungacha esa Fransiyaning «Lill» klubida to‘p surgan. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi, uning «keksa sinyora» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:58, 02.05.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик