Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» Daniel Karvaxalning yangi jarohati bo‘yicha bayonot berdi

«Real» Daniel Karvaxalning yangi jarohati bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi rasmiy sayti orqali jamoaning 34 yoshli himoyachisi va sardori Daniel Karvaxalning jarohati haqida ma’lum qildi.

«Real» tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng futbolchimiz Daniel Karvaxalda o‘ng oyoqning beshinchi barmog‘i distal falangasida yoriq aniqlandi. Hozircha vaziyat rivojini kutmoqdamiz», — deyiladi «qaymoqranglar» bayonotida.

Oktyabr oxiridan yanvargacha Karvaxal tizzasi jarohati sabab 12 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Sentyabrdan oktyabrgacha esa himoyachi mushak jarohatidan tiklangan.

Joriy mavsumda Karvaxal barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda ishtirok etdi va hozircha samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 15:28, 02.05.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик