Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Loryan» bilan ochko bo‘lishdi

Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Loryan» bilan ochko bo‘lishdi

Baho:
+ | -

«PSJ» o‘z maydonida Fransiya Liga 1ning 32-turi doirasida «Loryan» bilan durang o‘ynadi — 2:2.

Parijliklar 6-daqiqada Ibraim Mbayening goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, mehmonlar Pablo Pajining sa’y-harakatlari bilan muvozanatni tiklashdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Uorren Zair-Emeri «PSJ»ni yana oldinga olib chiqdi. Biroq 78-daqiqada Ayegun Tosin gol urib, «Loryan»ning durang qayd etishini ta’minladi.

«PSJ» (70 ochko) Liga 1da peshqadamlikni davom ettirmoqda. Luis Enrike shogirdlari «Lans»dan 7 ochko oldinda, ammo raqib jamoada bitta zaxira o‘yini mavjud. «Loryan» esa 42 ochko bilan turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

«PSJ» — «LORYAN» — 2:2

Gollar: Ibraim Mbaye 6 (1:0), Pablo Paji 12 (1:1), Uorren Zair-Emeri 62 (2:1), Ayegun Tosin 78 (2:2).

«PSJ»: Marin, Beraldo, Pacho, Ernandez, Mayulu, Ruis (Zair-Emeri, 61), Fernandes, Li Kan In, Barkolya, Mbay (Joau Nevesh, 62), Due (Mungenge, 75).

«Loryan»: Mvogo, Talbi, Fay, Adjey, Aberjel, Kadiu, Kuassi, Kaseris (Yongva, 80), Paji (Karim, 72), Avom (Makengo, 73), Dyeng (Tosin, 72).

Ogohlantirishlar: Ernandez (47) — Yongva (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:08, 02.05.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик