Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Arne Slot hamyurtini «Liverpul»ga olib kelmoqchi

Arne Slot hamyurtini «Liverpul»ga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Napoli» himoyachisi Sem Bekemani sotib olish bo‘yicha taklif yubordi, deya xabar bermoqda AreaNapoli nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferini ingliz klubi bosh murabbiyi, uning hamyurti Arne Slot shaxsan talab qilmoqda. «Liverpul» hozirgi o‘yinchilarga qo‘shimcha raqobat yaratish maqsadida yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.

«Liverpul» tomonidan Bekema uchun taklif qilingan summa 28 million yevroni tashkil etdi. Shu bilan birga, «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte ushbu foydali kelishuvga qarshilik qilmasligini bildirgan.

Bekema «Napoli» safida 2025 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:15, 03.05.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик