Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Chelsi» «Sporting»ning 40-50 mln yevrolik futbolchisi uchun «MYU» bilan raqobatlashishi mumkin

«Chelsi» «Sporting»ning 40-50 mln yevrolik futbolchisi uchun «MYU» bilan raqobatlashishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari «Sporting» hamda Urugvay terma jamoasi qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxoni kuzatib borishmoqda. Grantlar 26 yoshli futbolchining joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi o‘yinlariga yuqori baho berishgan. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Sporting» Arauxoni kamida yana bir mavsum jamoada olib qolmoqchi. Uning shartnomasida shartnomani muddatidan oldin bekor qilish (tovon puli) summasi 80 million yevro qilib belgilangan. Biroq Portugaliya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, agar 40-50 million yevrolik taklif tushsa, klub himoyachini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Arauxo barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga oltita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:43, 03.05.2026.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик