Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Koventri" "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi

"Koventri" "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Frenk Lempard qo‘l ostida APLga chiqqan «Koventri» yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa «Yuventus»ga belgiyalik hujumchi Lui Opendaning transferi borasida so‘rov yubordi, deb xabar bermoqda TransferFeed Italiya OAVlariga tayanib.

Bir oy oldin xabar berilganidek, «Yuventus» shartnoma shartlariga ko‘ra ushbu futbolchini «RB Leypsig»dan sotib olishga majbur bo‘lgan edi va o‘shandayoq Openda jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi ma’lum edi.

«Yuventus» belgiyalik futbolchini nafaqat sotishga, balki ijaraga berishga ham tayyor. Bunda sotib olish huquqi yoki sotib olish majburiyati bilan bog‘liq variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi «keksa sinyora» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:57, 03.05.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик