Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Aston Villa» Italiyadan hujumchi sotib olmoqchi

«Aston Villa» Italiyadan hujumchi sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Markaziy hujumchi Jonatan Devid yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Yuventus»ni tark etishga yaqin turibdi. Turin klubi rahbariyati kanadalik futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinidan unchalik mamnun emas.

Calciomercato nashrining xabar berishicha, «Aston Villa» Devidning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi futbolchini yevrokuboklar oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Devidning «Yuventus» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli futbolchini 35 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 20:18, 03.05.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик