Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Anvar G‘ofurov: «Aslida futbolchilarimizga aynan gol urgan o‘yinchiga yaqinroq o‘ynash bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi»

Anvar G‘ofurov: «Aslida futbolchilarimizga aynan gol urgan o‘yinchiga yaqinroq o‘ynash bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov Superliganing 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugun chempionlik uchun kurashayotgan, kuchli tarkib va aniq o‘yin uslubiga ega jamoaga qarshi maydonga tushdik. Uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilgan edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘limda hisobni ochganimizdan so‘ng raqib o‘yin tempini oshirdi. Ayniqsa, zaxiradan tushgan futbolchilari orqali bosimni kuchaytirishga harakat qilishdi va ma’lum darajada bunga erishishdi. Bu, albatta, ularning kuchli tarkibi va shakllangan o‘yin uslubiga ega ekanidan dalolat.

Ikkinchi bo‘limda raqib yetarlicha vaziyatlar yaratdi. Biz esa asosan qarshi hujumlar orqali imkoniyatlardan foydalanishga intildik, ammo ko‘plab hujumlarimiz yakuniga yetmadi. Afsuski, o‘yin so‘ngida qo‘shib berilgan daqiqalarda burchak zarbasidan gol o‘tkazib yubordik. Aslida, aynan gol urgan futbolchiga yaqinroq o‘ynash bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi — u zaxiradan tushgan, kuchga to‘la va bo‘yi baland futbolchi edi. Biroq vaziyatda e’tibor yetarli bo‘lmadi.

Umuman olganda, har ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi va durang natija qayd etildi. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiramiz", — dedi Anvar G‘ofurov.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 22:40, 03.05.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик