Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Lukas Moura og‘ir jarohat oldi: Braziliyalik yulduzning faoliyati xavf ostida

Lukas Moura og‘ir jarohat oldi: Braziliyalik yulduzning faoliyati xavf ostida

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi sobiq a’zosi Lukas Moura og‘ir jarohat oldi — u axill payini uzib oldi. Ko‘ngilsiz voqea futbolchi to‘p surayotgan «San-Paulu» hamda «Bayya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtalarida sodir bo‘ldi. Bu degani, tajribali futbolchi joriy yilda boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin.

Vaziyatni yanada murakkablashtiradigan jihat shundaki, Mouraning shartnomasi shu yilning dekabr oyida yakuniga yetadi. Braziliya futbolida o‘yinlar «bahor-kuz» tizimida o‘tkazilgani sababli, shartnoma muddatlari odatda kalendar yiliga moslab belgilanadi.

Katta ehtimol bilan, Moura professional darajadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq, jarohatga qaramay, u baribir katta futbolga qaytishga harakat qilishi ham istisno etilmaydi.

Kiritildi: 08:47, 05.05.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик