Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Ukraina terma jamoasini italiyalik murabbiy qabul qilib olishi mumkin

Ukraina terma jamoasini italiyalik murabbiy qabul qilib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyalik mutaxassis Andrea Maldera Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, kelishuvni rasmiylashtirish jarayoni yakuniy bosqichda. Maldera avval ham terma jamoa shtabida texnik rivojlanish bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u «Milan»da o‘yinlar tahlilchisi va yoshlar jamoasi murabbiyi, «Brayton» hamda 2026 yilning fevralida tark etgan «Marsel» klublarida yordamchi murabbiy lavozimlarida ishlagan.

Ukraina terma jamoasi o‘tish o‘yinlarida Shvesiyaga imkoniyatni boy berib, Jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan edi. So‘nggi 3 yil davomida jamoani Sergey Rebrov boshqarib kelayotgandi.

Kiritildi: 09:08, 05.05.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик