«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Amsterdamning «Ayaks» klubi bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Niderlandiya klubi agar mutaxassis ingliz klubidan iste’foga chiqarilsa, uni jamoaga taklif etmoqchi.
Hozircha «Liverpul» rahbariyati Slotning kelajagi borasida rasmiy bayonot bergani yo‘q. Biroq, agar jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, murabbiy ishdan bo‘shatilishi ehtimoli mavjud. Ayni damda mersisaydliklar APL turnir jadvalida 58 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024 yildan buyon «Liverpul»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.













