Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

APL chempioni faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi mumkin

APL chempioni faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya futboli afsonasi, “Lester Siti” bilan mo‘’jizaviy chempionlikni qo‘lga kiritgan hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettirishi mumkin. 39 yoshli forvardga Qozog‘iston Premyer Ligasining (QPL) chempionlik uchun kurashayotgan klublaridan biri qiziqish bildirmoqda.

Offside.kz nashri bergan xabarga ko‘ra, gap ayni damda turnir jadvalining yuqori qismida borayotgan va hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan jamoa haqida ketmoqda. Jeymi Vardining transferi yozgi transfer oynasi vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vardi 2025-yilning aprelida o‘zining qadrdon jamoasi “Lester Siti”dan ketishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, sentyabr oyida u erkin agent sifatida Italiyaning “Kremoneze” klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Hujumchining joriy klub safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol mualligiga aylangan. Transfermarkt portali Vardining qiymatini 1 million yevroga baholamoqda. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi yozgi transfer oynasi vaqtida yakuniga yetadi.

Vardining Italiya jamoasi bilan shartnomasi tugayotgani bois, u Qozog‘iston klubiga mutlaqo bepul — erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. Bu esa moliyaviy cheklovlar mavjud bo‘lgan klublar uchun juda qulay imkoniyatdir.

Ma’lumot uchun, QPL klublari so‘nggi paytlarda jahon futboli yulduzlarini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda. Xususan, 2026-yilning yanvar oyida “Aqtobe” klubi taniqli portugaliyalik futbolchi Luish Nani bilan shartnoma imzolagan edi. Vardining Qozog‘istonga kelishi mamlakatdagi futbol nufuzini yanada oshirishi va “Nani effekti”ni davom ettirishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:33, 05.05.2026.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик