Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Yuventus» 15 million yevro evaziga «Bayer» yetakchisini qo‘lga kiritishi mumkin

«Yuventus» 15 million yevro evaziga «Bayer» yetakchisini qo‘lga kiritishi mumkin

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo Yevropa grandlari e’tiborida bo‘lib turibdi. Avvalroq ispaniyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida «Barselona» va «Milan» nomlari tilga olingandi, shuningdek, «Bavariya» haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi.

Tuttosport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Grimaldoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini «Yuventus» ham ko‘rib chiqmoqda. Turinliklar ushbu o‘yinchini uch yildan beri kuzatib kelishmoqda. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi, shu sababli u 15 million yevro evaziga sotilishi mumkin.

Joriy mavsumda Alexandro Grimaldo «Bayer» tarkibida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari lateralning bozor qiymatini 24 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:08, 06.05.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик