«Yuventus» markaziy himoyachisi Federiko Gatti yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Italiyalik futbolchiga Premyer-ligadan jiddiy qiziqish bor: insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, unga «Everton», «Aston Villa», «Fulxem» va «Kristal Pelas» jamoalari da’vogarlik qilmoqda.
Shu bilan birga, manbaning qo‘shimcha qilishicha, 27 yoshli futbolchining o‘zi Angliyaga ketish ishtiyoqida emas — u yo «Yuventus»da qolishni, yoki A Seriyaning boshqa biror klubiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
O‘tgan yozda Gatti bilan «Napoli», qishda esa «Milan» qiziqqan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, «keksa sinyora» o‘z o‘yinchisini sotish orqali 20 milliondan 25 million yevrogacha mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.













