Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

APLning 3 ta klubi Kalyulyuga da’vogarlik qilmoqda

APLning 3 ta klubi Kalyulyuga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» himoyachisi Pyer Kalyulyu Angliya chempionatining 3 ta klubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda Caught Offside portali xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Rasman «Yuventus» futbolchini sotishni istamayapti va uni jamoaning muhim qismi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, klub unga maoshi oshirilgan holda 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Biroq, 40 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga Turin klubi o‘z pozisiyasini o‘zgartirishi mumkin, ayniqsa futbolchining o‘zi shartnomani uzaytirishni rad etsa. Hozircha da’vogarlar orasida yaqqol favorit yo‘q, lekin «Liverpul» va «Manchester Yunayted» himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun faol izlanishmoqda. «Aston Villa»da esa moliyaviy cheklovlar sababli transfer borasida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy mavsumda 25 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida 1 ta qizil va 1 ta sariq kartochka bor.

Kiritildi: 15:38, 06.05.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик