«Bavariya» qatorasiga olti mavsumdan beri Chempionlar ligasi finaligacha yetib bora olmayapti.
Vensan Kompani jamoasi yarim final bosqichida «PSJ»ga imkoniyatni boy berib (4:5, 1:1), turnirni tark etdi. Myunxenliklar oxirgi marta 2020 yilda YECHLning hal qiluvchi bahsida ishtirok etishgan va o‘shanda kubokni qo‘lga kiritishgan edi. Shundan beri — ikki marta yarim final va to‘rt marta chorak finaldagi mag‘lubiyat qayd etildi.













