Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

56-ga 44: Opta Chempionlar ligasining yangi g‘olibi kim bo‘lishini taxmin qildi

56-ga 44: Opta Chempionlar ligasining yangi g‘olibi kim bo‘lishini taxmin qildi

Baho:
+ | -

Opta mutaxassislari Chempionlar ligasi yakuni bo‘yicha superkompyuter hisob-kitoblarini yangilashdi. Turnirda faqat ikki jamoa qoldi — «PSJ» va «Arsenal» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, «Arsenal» Chempionlar ligasi finalining favoriti hisoblanadi. «Kanonirlar»ning kubokni qo‘lga kiritish imkoniyati 56% ga baholanmoqda. «PSJ»ning imkoniyatlari biroz pastroq — 44%.

Ta’kidlash joizki, «Arsenal» hali biror marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan. 2006 yilda londonliklar finalga qadar yetib borib, «Barselona» darvozasiga birinchi bo‘lib gol urishgandi, biroq yakunda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan. «PSJ» esa avval ikki bor YECHL finalida o‘ynagan: 2020 yilda «Bavariya»dan mag‘lubiyat (0:1) qabul qilingan bo‘lsa, 2025 yilda «Inter» ustidan yirik (5:0) g‘alabaga erishilgan.

Kiritildi: 03:00, 07.05.2026.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик