«Barselona» va «Real» klublari sobiq yarim himoyachisi Luish Figu “Madrid”ning mavsumi haqida fikr bildirdi.
«Real» ushbu mavsumda birorta ham sovrin yutmadi va La Liga tugashiga 4 tur qolganida «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
«Real» sovrinsiz qolgan mavsum — bu juda yomon yil.
Chempionlar ligasi — “Real” DNKsining bir qismi. Tarix bu turnir klub uchun nimani anglatishini tasdiqlaydi. Ular o‘rtasida magnitizm va o‘zaro tortishish bor.
Lekin mantiqan o‘ylab qarasak, Chempionlar ligasini har mavsum yutib bo‘lmaydi. Bu maqsadni oldiga qo‘yadigan va juda kuchli bo‘lgan boshqa jamoalar ham bor. Agar bir xil jamoa doim Chempionlar ligasini yutaversa, futbol juda zerikarli bo‘lardi», — dedi Figu.













