Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Emeri: «Bugungi o‘yin biz uchun oxirgi imkoniyat deb o‘ylamayman»

Emeri: «Bugungi o‘yin biz uchun oxirgi imkoniyat deb o‘ylamayman»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda «Nottingem» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«Bizda hozirgi va kelajakdagi maqsadlarimiz uchun yangi vazifalar qo‘yish imkoniyati bo‘ladi. Bugungi o‘yin biz uchun yoki kimdir uchun oxirgi imkoniyat ekanini o‘ylamayman. Futbolchilar, albatta, biz bosib o‘tayotgan jarayondan zavq olishmoqda. Ular futboldagi qiyinchiliklarni anglab turishibdi, lekin «Aston Villa»da oxirgi uch yil davomida boshdan kechirayotgan buyuk lahzalarimizni hisobga olsak, biz tabassum qilishimiz va hammasidan faxrlanishimiz mumkin.

Biroq, biz hamon o‘zimizga nisbatan juda talabchanmiz va qilayotgan ishlarimizda izchillikni saqlab qolamiz. Bu (natija) bizning fikrlashimizga, jarayonimizga va rivojlanish yo‘limizga hech qanday putur yetkazmaydi», — dedi Emeri matbuot anjumanida.

Kiritildi: 16:40, 07.05.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик