«Koventri»ni muddatidan oldin APLga olib chiqqan 47 yoshli Frenk Lempard «Chelsi»da Karlo Anchelotti va Joze Mourinyo qo‘l ostida o‘ynagan kezlari ulardan nimalarni o‘rgangani haqida gapirib berdi.
«Menikidek faoliyat yo‘lini bosib o‘tib, nimadir o‘rganmaslikning iloji yo‘q deb o‘ylayman. Karlo Anchelotti, ehtimol, men ishlagan eng xotirjam murabbiy bo‘lgan. Uning xotirjamligi shu darajada kuchli ediki, men hatto: U chindan ham men bilan gaplashishni, faol muloqot qilishni xohlayaptimi? deb o‘ylab qolganman. Ammo uni yaqinroq tanigan sarim, u o‘yinimga bo‘lgan ishonchni va menga nisbatan bo‘lgan sodiqligini his qilganman. Shuning uchun men ham hozir shu tuyg‘uni tarqatishga harakat qilyapman va o‘zimni har qachongidan ham ishonchli his etyapman.
Shuningdek, Joze Mourinyo kabi xarakter ham bor. Jozening menga eng katta ta’siri — u o‘z ishonchi orqali menga qanchalik yuqori o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni singdira olganidadir», — dedi Lempard.













