Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Futzal. Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi

Futzal. Guruh bosqichi bahslari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasida o‘n kun mobaynida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi-2026 musobaqasining guruh bosqichi bahslari poyoniga yetdi. Bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan kuchli sakkiz jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki besh kunlikda A hamda S guruhlaridan “Maksam-CHirchiq”, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, BMB PFS hamda “Guliston” jamoalari pley-off bosqichidagi ishtiroklarini rasmiylashtirgani haqida xabar bergandik. May oyining dastlabki haftasida esa B hamda D guruhlaridan ham kurashni davom ettiradigan jamoalarning nomiga aniqlik kiritildi.

D guruhida jamoalar soni to‘rtta bo‘lganligi bois bahslar uch kun ichida yakunlandi. Oliy liganing uchta jamoasiga birinchilikning kumush medali sovrindorlari raqiblik qildi. Kutilganidek, elita vakillari – “Lokomotiv” hamda “Oil Star” chorak finalchiga aylandi. “Xorazm” esa “Qizilqum” bilan Oliy ligaga o‘tish uchrashuvi “repetisiyasi”ni o‘tkazib oldi. Oliy liganing 11-chi jamoasi bilan Birinchi liganing ikkinchi jamoasi o‘rtasidagi “norasmiy to‘qnashuv”da tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi – 1:1. Ammo o‘tish uchrashuvida bu natija ikkala jamoani ham qanoatlantirmasligi aniq.

C guruhida esa ikki yo‘llanma uchun “Nasaf”, “Bunyodkor” hamda SQB jamoalari o‘rtasida murosasiz kurash kechdi. Qarshiliklar har ikkala raqiblari bilan jangovar durangga imzo chekishdi. “Qaldirg‘ochlar” esa “bankchi”larga yutqazib qo‘yib, pley-off yo‘llanmasidan quruq qolishdi.

Shunday qilib, 12-may sanasida BMB PFC jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini imtihondan o‘tkazsa, “Maksam-CHirchiq” Oliy liga debyutanti “Guliston”ga qarshi parketga chiqadi. 13-may sanasida esa muxlislar SQB – “Oil Star”, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi murosasiz raqobatning shohidiga aylanishadi. Chorak final o‘yinlari Jizzax viloyat futbol akademiyasi sport zalida soat 15:00 hamda 17:00 larda bo‘lib o‘tadi.

Manba: O‘zbekiston futzali
Kiritildi: 23:28, 07.05.2026.
O'qildi: 248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик