«Real» jamoa mashg‘ulotida yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasida sodir bo‘lgan nizo yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.
Avvalroq, Madrid klubi mashg‘uloti vaqtida futbolchilar o‘zaro mushtlashib qolgani xabar qilingan edi. Voqeadan so‘ng Valverde shifoxonaga olib borilgan va u yerda futbolchining jarohatiga chok qo‘yilgan.
«Bugun ertalab asosiy jamoa mashg‘ulotida yuz bergan hodisalardan so‘ng, «Real» klubi futbolchilarimiz Federiko Valverde va Orelyen Tchuameniga nisbatan intizomiy ish ochishga qaror qildi.
Klub tegishli ichki jarayonlar yakunlangach, har ikki holat bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqida o‘z vaqtida ma’lumot beradi», — deyiladi madridliklar saytida e’lon qilingan bayonotda.













