Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu Saudiyada yuzlik dovonini zabt etdi!

Ronaldu Saudiyada yuzlik dovonini zabt etdi!

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 33-turidan o‘rin olgan «Ash-SHabob»ga qarshi o‘yinda (4:2) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U 75-daqiqada Sadio Manening uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

41 yoshli portugaliyalik yulduz uchun ushbu gol Saudiya Arabistoni chempionatidagi 100-si bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun unga 105 ta o‘yin kifoya qildi.

Ronaldu faoliyati davomida klublar miqyosida jami 1088 ta o‘yinda 822 ta gol urdi, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida 226 ta bahsda 143 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Faoliyatidagi 1000-golgacha unga yana 35 ta to‘p qoldi.

Kiritildi: 02:49, 08.05.2026.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик