Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: «Bor energiya va e’tiborimiz «Vest Xem»ga qaratilishi kerak»

Arteta: «Bor energiya va e’tiborimiz «Vest Xem»ga qaratilishi kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 36-turi doirasidagi «Vest Xem»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Arteta o‘z nutqini tarkibdagi yangiliklardan boshladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mikel Merino va Yurriyen Timberning derbida ishtirok etish imkoniyati yo‘q.

«Ular mavsum yakunigacha hech bo‘lmasa bir necha daqiqa o‘ynashlari uchun hali ancha mehnat qilishlari kerak.

Biz Chempionlar ligasi yarim finali o‘yinidan so‘ng darhol gaplashib oldik. Bu ajoyib lahza va biz bunga loyiq edik. Finalga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz bor, lekin hozir bor energiya va e’tibor «Vest Xem»ga qaratilishi kerak, biz buni aniq tushuntirdik».

Ertaga biz yakshanba kungi jangga jismoniy va ruhiy jihatdan eng yaxshi holatda tayyor bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak», — dedi murabbiy.

«Arsenal» 76 ochko bilan APLda peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» hisobida 71 ochko va bitta zaxira o‘yini bor. «Vest Xem» esa 36 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda va ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapti.

Kiritildi: 06:28, 09.05.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик