Kirish Ro'yxatdan o'tish

Erik Garsiya o‘yinlar taqdirini hal qiladigan «Barselona»ning uch futbolchisini aytdi

Erik Garsiya o‘yinlar taqdirini hal qiladigan «Barselona»ning uch futbolchisini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya jamoaning kuchi haqida o‘z fikrini bildirdi. Yakshanba, 10 may kuni La Liga 35-turi doirasida «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonida Madridning «Real» klubini qabul qiladi.

«Bizda ajoyib jamoa bor, hamma bir-biriga yordam berishga harakat qiladi. Biz bilamizki, tarkibimizda Yamal, Rafinya va Pedri kabi o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladigan futbolchilar bor. Albatta, ularning har qanday birining yo‘qligi doimo seziladi», – deya Erik Garsiyaning so‘zlarini Barca Universal nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan, Rafinya Dias esa mart oyidan beri maydonga tushmayapti. Bo‘lajak «el klasiko»da kataloniyaliklarga chempionlikni naqd qilish uchun mag‘lub bo‘lmaslik kifoya.

Kiritildi: 06:55, 09.05.2026.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик