Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasilyas: «Real» qaytishiga hech qanday shubha yo‘q»

Kasilyas: «Real» qaytishiga hech qanday shubha yo‘q»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas klub yana Yevropa futboli cho‘qqisiga qaytishiga shubha qilmayapti. Uning fikricha, bu siklik jarayon va jamoa uchun albatta yorug‘ kunlar keladi.

«Futbol siklik xarakterga ega. Natijalar bo‘lmaganida bosim ortishi tabiiy. Ammo «Real» — futbol tarixidagi eng buyuk klub va uning qaytishida hech qanday muammo bo‘lmaydi. Shampan vinosi ta’mining naqadar yoqimli ekanini qayta his qilish uchun bunday davrlar kerak», — deya Kasilyasning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Iker Kasilyas 1998 yildan 2015 yilgacha Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 07:05, 09.05.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик