Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kroos: «Luis Enrike Dembele uchun kalit topdi»

Kroos: «Luis Enrike Dembele uchun kalit topdi»

Baho:
+ | -

«Real Madrid» va «Bavariya» sobiq futbolchisi Toni Kroos «PSJ» muvaffaqiyatlarining asosiy omillaridan biri sifatida murabbiy Luis Enrikening Usmon Dembele bilan til topisha olganini ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili aynan Dembele «Oltin to‘p» sohibiga aylangan edi.

«Luis Enrike dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan Dembeleni 65-daqiqada zaxiraga oldi. U esa murabbiyning qo‘lini siqib, hech qanday e’tirozsiz maydonni tark etdi va zaxira o‘rindig‘idan turib jamoadoshlarini qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Bu ular o‘rtasida qanchalik hurmat va yaxshi munosabat shakllanganini ko‘rsatadi. Luis Enrike Dembele uchun kalit topa oldi», — deya Kroosning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele ham xuddi Kroos kabi o‘z vaqtida Germaniya chempionatida o‘ynagan — Toni «Bavariya» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Usmon Dortmundning «Borussiya»si tarkibida to‘p tepgan.

Kiritildi: 07:24, 09.05.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик