Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. «Liverpul» o‘z maydonida Londonning «Chelsi» klubini qabul qildi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mezbonlar yarim himoyachisi Rayan Gravenberx hisobni ochdi. «Chelsi» esa bunga 35-daqiqada Enso Fernandesning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim boshida Koul Palmer «Liverpul» darvozasini ishg‘ol etgan edi, biroq bosh hakam Kreyg Pouson VAR tizimi orqali vaziyatni o‘rganib, ofsayd sababli golni bekor qildi.
Ushbu durangdan so‘ng «Liverpul» ochkolari sonini 59 taga yetkazib, chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa 49 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda. E’tiborli jihati, londonliklar ushbu o‘yin orqali APLdagi 6 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘yishdi.
«Liverpul» navbatdagi uchrashuvini 15 may kuni safarda «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazsa, «Chelsi» 16 may kuni «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
«LIVERPUL» — «CHELSI» — 1:1
Gollar: Rayan Gravenberx 6 (1:0), Enso Fernandes 35 (1:1).
«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Konate (Gomes, 77), Kerkez, Djons, Makallister, Gravenberx, Soboslai, Ngumoxa (Isak, 67), Frimpong, Gakpo (Kyeza, 77).
«Chelsi»: Yergensen, Kolvill, Fofana, Xato, Gyusto, Santos (Djeyms, 63), Kaysedo, Fernandes, Kukurelya, Palmer, Joao Pedro.
Ogohlantirishlar: Gomes (88), Makallister (90) — Xato (67), Fernandes (73), Kukurelya (83), Kaysedo (89).













