Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arteta «PSJ» haqida fikr bildirdi

Arteta «PSJ» haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta YECHL finalidagi raqibi — «Pari Sen-Jermen» jamoasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«To‘pchilar» yarim final bosqichida Madridning «Atletiko» klubidan ustun kelishgan bo‘lsa, parijliklar Myunxenning «Bavariya» jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishdi.

«Raqibimiz «PSJ» bo‘ladimi yoki «Bavariya» — baribir yuqori darajadagi jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilardik. Raqibimiz qanchalik kuchli ekanini yaxshi tushunamiz. Albatta, biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olishimizga ishonamiz», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi Chempionlar ligasi finali 30 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «PSJ» yarim finalda aynan «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yuborgan, finalda esa «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 05:44, 10.05.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик