Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kompani «Volfsburg» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabadan so‘ng o‘z futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi

Kompani «Volfsburg» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabadan so‘ng o‘z futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Volfsburg»ga qarshi uchrashuv (1:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kompanining ta’kidlashicha, raqib jamoa g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Murabbiy myunxenliklar o‘yinni yaxshi boshlagani, biroq 10 daqiqadan so‘ng vaziyat keskin o‘zgarib, maydon egalari ochko olishi mumkinligini his qilganini qayd etdi.

«Biz ko‘p marta to‘pni yo‘qotdik va muhim kurashlarda imkoniyatni boy berdik. Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik — jamoamga vaziyatga to‘g‘ri reaksiya bildirgani uchun hurmat izhor qilaman», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 16 may kuni «Kyoln»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:42, 10.05.2026.
O'qildi: 353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик