Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi"da Gruziya bilan kuch sinashdi

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi"da Gruziya bilan kuch sinashdi

Baho:
+ | -

Miraziz Mirzaahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar (U-15) terma jamoasi UEFA tomonidan tashkil etilgan "Rivojlanish kubogi" (Development Cup) turniri doirasida Gruziya vakillariga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Hamyurtlarimiz safida yagona gol muallifi Farzod Sobirjonov bo‘ldi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. "Lotereyalar" bahsida omad gruziyalik futbolchilarga kulib boqdi — 4:5.

UEFA "Rivojlanish kubogi"

O‘zbekiston — Gruziya — 1:1 (penaltilar seriyasi: 4:5)

Gol: Farzod Sobirjonov.

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi: Daniyel Tarayev, Abduvoris Qudratov, Ilhom Mirzayev, Kamronbek Qahramonov (S), Muhammadali Lutfullayev, Abdulloh Baxtiyorov, Firdavs To‘xtaboyev, Rustam Abduraimov, Afruz Ernazarov, Roman Ayzattulov, Mirjalol Mirodilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Siddiqov, Sobirjonov, Mirzohidov, Farmonov, Ahmatillayev, Po‘latov, Muxtorjonov, Hasanboyev.

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 17:06, 10.05.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик