Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

La Liga. "Atletik" o‘z maydonida "Valensiya"ga imkoniyatni boy berdi

La Liga. "Atletik" o‘z maydonida "Valensiya"ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubi o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi va kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 72-daqiqada mehmonlar hujumchisi Umar Sadik tomonidan kiritildi. E’tiborli jihati shundaki, bahsning 27-daqiqasida "Valensiya" hujumchisi Ugo Duro penaltidan unumli foydalana olmagan edi.

Ushbu natijadan so‘ng "Atletik" 44 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasida qoldi. "Valensiya" esa ochkolari sonini 42 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Navbatdagi turda "Atletik" 13 may kuni safarda "Espanyol" mehmoni bo‘ladi. "Valensiya" esa 14 may kuni o‘z uyida "Rayo Valyekano"ni qabul qiladi.

«ATLETIK» — «VALENSIYA» — 0:1

Gol: Umar Sadik 72 (0:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Ugo Duro 27 (darvozabon).

«Atletik»: Simon, Alvares, Lyaport (Vivian, 46), Berchiche, Gorosabel, Xauregisar, Rego (Vesga, 71), Sanset (Berenger, 65), Uilyams (Inyaki Uilyams, 36), Navarro (Gomes, 71), Guruseta.

«Valensiya»: Dimitriyevski, Tarrega, Eray Djemert, Xose Gayya, Saraviya (Vaskes, 90+6), Rodriges, Pepelu (Ugrinich, 70), Gerra (Nunyes, 83), Rioxa, Diyego Lopes (Sadik, 70), Duro (Ramazani, 70).

Ogohlantirishlar: Lyaport (16), Rego (55) — Eray Djemert (50), Pepelu (59), Sadik (88).

Kiritildi: 21:30, 10.05.2026.
O'qildi: 404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик