Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Milan" Kristofer Nkunku borasida qaror qabul qildi

"Milan" Kristofer Nkunku borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Milan" klubi hujumchisi Kristofer Nkunku katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi.

Insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "rossonerilar" rahbariyati fransiyalik futbolchi bilan allaqachon yanvar oyida xayrlashmoqchi bo‘lgan, biroq o‘shanda futbolchi har qanday holatda ham klubda qolishga qaror qilgan edi. Endilikda Milan klubi forvardning agenti Pini Zaxaviga jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida Nkunkuni sotish niyatida ekanligini rasman ma’lum qildi.

Kristofer Nkunku 2024 yilda Londonning "Chelsi" klubidan 37 million yevro evaziga "Milan"ga o‘tgan edi. Uning italyan klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda hujumchi "rossoneri" tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:35, 10.05.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик