Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliga tarixida ilk bor: Ligada qolish uchun kurashayotgan uch jamoada ochkolari teng bo‘lib qoldi

Bundesliga tarixida ilk bor: Ligada qolish uchun kurashayotgan uch jamoada ochkolari teng bo‘lib qoldi

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining so‘nggi turi oldidan turnir jadvalining pastki qismida juda keskin vaziyat yuzaga keldi. Chempion nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bir yo‘la uchta jamoa hisobida 26 ochkodan mavjud.

Ushbu jamoalar orasida o‘z vaqtida dovrug‘ qozongan, 21-asrda Germaniya chempioni bo‘lgan va bir necha bor Chempionlar ligasida ishtirok etgan «Volfsburg» klubi ham bor. Ma’lum bo‘lishicha, Bundesliga tarixida ilk bor so‘nggi tur oldidan uchta jamoaning ochkolari teng kelib qolgan — ilgari yuqori divizionda bunday holat kuzatilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Bundesligani ikkita klub tark etadi. Demak, ushbu uchlikdan faqat bitta jamoagina omon qolishi mumkin.

Kiritildi: 18:38, 11.05.2026.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик