Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Kolumbiya yulduzi Xames Rodriges klubdagi faoliyatini to‘xtatib, terma jamoaga yo‘l oldi

Kolumbiya yulduzi Xames Rodriges klubdagi faoliyatini to‘xtatib, terma jamoaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Xames Rodriges chorshanba, 13 may kungi o‘yindan so‘ng JCH-2026 final bosqichi oldidan Kolumbiya terma jamoasi yig‘iniga qo‘shilish uchun «Minnesota»ni tark etadi. Bu haqda ESPN o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

MLS muntazam chempionati doirasidagi «Kolorado»ga qarshi bahs 34 yoshli futbolchi uchun «Minnesota» tarkibidagi amaldagi shartnoma bo‘yicha so‘nggi o‘yin bo‘ladi. U fevral oyida jamoaga kelib, 2026 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan va muddatini 2026 yil dekabrigacha uzaytirish imkoniyati bo‘lgan qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. «Minnesota» ushbu imkoniyatdan foydalanish-foydalanmasligi hozircha noma’lum.

Avvalroq Rodriges faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlarni rad etgan va Jahon chempionatidan keyin futboldan ketmoqchi emasligini tasdiqlagan edi.

«Qancha vaqt o‘ynay olishimni faqat o‘zim bilaman. O‘sha kun kelganida bu haqda e’lon qilaman, lekin o‘ylashimcha, oldinda hali yana bir necha yilim bor. Odamlar aytayotgan gaplarning barchasi yolg‘on», — dedi u «Ostin» bilan o‘yindan so‘ng.

Kolumbiya Jahon chempionatining «K» guruhida Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Jamoa 17 iyun kuni Mexikoda Kongo DRga qarshi o‘yin bilan debyut qiladi.

2026 yilgi mavsumda Xames «Minnesota» safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Amerika jamoasiga Meksikaning «Leon» klubidan o‘tgan edi.

Kiritildi: 05:40, 12.05.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик