Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Arsenal»ning tajribali o‘yinchilaridan biri xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

«Arsenal»ning tajribali o‘yinchilaridan biri xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi tajribali yarim himoyachisi, Daniya terma jamoasi a’zosi Kristian Nergor xalqaro miqyosdagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

«Men terma jamoadagi ishtirokimni to‘xtatishga qaror qildim. Bir tomondan, bu juda qiyin qaror bo‘ldi, chunki men uchun jamoa qarorgohiga kelish, sheriklarim va murabbiylar shtabi bilan ko‘rishishdan ko‘ra yoqimliroq narsa yo‘q edi. Liq to‘la «Parken» stadionida qizil-oq libosda maydonga tushishni hamma narsadan ko‘proq yaxshi ko‘rardim. Shu bilan birga, men murabbiy Brayan Rimerning ishonchini his qildim. 2025 yilda Portugaliya ustidan qozonilgan g‘alaba faoliyatimdagi eng yuqori nuqta bo‘ldi — o‘sha sehrli oqshomda maydon markazida yetakchilik rolini o‘z zimmamga olgandim.

Endi bularning barchasi yakunlandi. Bundan buyon jamoani tarkibning bir qismi sifatida emas, balki oddiy muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlayman. Bolalikdagi orzumni amalga oshirishda yordam bergan barcha futbolchilar, murabbiylar va muxlislarga rahmat», — deb yozadi 32 yoshli futbolchi o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Kristian Nergor Daniya terma jamoasi safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u o‘z milliy jamoasi bilan 2021 yilgi Yevropa chempionatining yarim finaligacha yetib borgan.

Kiritildi: 19:57, 12.05.2026.
O'qildi: 277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик