APLning bir nechta klublari «Arsenal»ning sobiq hujumchisini kuzatib borishmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, ayni damda «Monako» sharafini himoya qilayotgan amerikalik hujumchi Folarin Balogun yozgi transferlar oynasi ochilishi oldidan Angliya chempionatining bir qator jamoalari e’tiborini tortdi. Uning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli Balogun «Monako» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













