Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Jekson uchun narx belgiladi

"Chelsi" Jekson uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. The Athletic nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Senegal terma jamoasi forvardini o‘z safiga qo‘shib olishga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Turin klubi yozgi transferlar oynasi oldidan futbolchining transferi ustida faol ish olib bormoqda.

"Chelsi" o‘z futbolchisining sotuvidan taxminan 70 million yevro ishlab olmoqchi. Nikolas Jekson 2023 yilda "Vilyarreal"dan "Chelsi"ga 37 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "ko‘klar" bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda senegallik futbolchi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:56, 12.05.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик