Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kilian Mbappe shon-shuhratga munosabati haqida fikr bildirdi

Kilian Mbappe shon-shuhratga munosabati haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va "Real Madrid" klubi hujumchisi Kilian Mbappe shuhratga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildirdi.

«Men optimist bo‘lishga harakat qilaman. Bu odatiy holat. Albatta, bu qiyin, chunki senda endi o‘zingga emas, balki hammaga tegishlidek his paydo bo‘ladi. Ammo bu — biz tanlagan hayot. Balki aynan shunday darajada emasdir, lekin baribir tanlaganmiz. Biz bunga rozi bo‘lganmiz. Millionlab insonlar senga minnatdorlik, e’tirof va mehr ko‘rsatayotgan bir paytda faqat salbiy tomonlarga o‘ralashib qolish qiyin. Shuning uchun shikoyat qilish nosamimiydek tuyuladi.

Men bu holatni har doim ham yaxshi boshqara olmaganman. Men juda yoshligimda mashhur bo‘lib ketganman. Ba’zi holatlarda boshqalarni tushunish uchun yetarlicha yetuklik va hamfikrlilikka ega emasdim. Endi esa odamlar ba’zan chegaradan oshib ketsa ham, ko‘proq tushunishga harakat qilyapman», — dedi Mbappe.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:56, 13.05.2026.
O'qildi: 276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик