Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p surayotgan Nikolas Jekson transfer bozorida talabgir bo‘lib turibdi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga bir vaqtning o‘zida bir nechta jamoalar da’vogarlik qilmoqda. Xususan, Turinning «Yuventus», «Milan», Turkiyaning «Fenerbahche» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klublari hujumchining transferi bo‘yicha qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Jekson joriy mavsumda nemis grandi safida jami 29 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda futbolchi 10 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Jeksonning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













