Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» va «Chelsi» «Sporting» yulduzi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor

«Liverpul» va «Chelsi» «Sporting» yulduzi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi vingeri Fransishku Trinkan Portugaliya chempionatini tark etib, Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga APLning ikki grand klubi qiziqish bildirmoqda. Trinkau uchun kechadigan kurashda «Chelsi» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Qayd etilishicha, futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida 60 million yevro belgilab qo‘yilgan.

Joriy mavsumda Fransishku Lissabonning «sherlar» jamoasi safida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda futbolchi 13 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirib, yuqori samaradorlik namoyish etdi.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik vingerning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:57, 13.05.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик