«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirishi mumkin.
talkSPORT nashriga ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli futbolchi Germaniya grandi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralarda jiddiy to‘sqinlik mavjud — «Nyukasl» va «Bavariya» futbolchining transfer narxi borasida hali bir qarorga kela olishmayapti.
Ingliz klubi o‘z yetakchisini 75 million funt sterling (taxminan 86,5 mln yevro) yoki undan ham yuqoriroq summaga sotishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumot uchun, Entoni Gordon 2025/2026 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda «Nyukasl» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













