Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Galatasaroy» Ryudigerni Turkiyaga olib kelmoqchi

«Galatasaroy» Ryudigerni Turkiyaga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Liverpul» himoyachisi Virgil van Deyk transferi amalga oshmay qolgan taqdirda boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, istanbulliklar Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudigerni o‘z saflariga qo‘shib olish niyatida. Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. «Qirollik klubi» shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq buning uchun Ryudiger maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lishi kerak.

33 yoshli himoyachiga shuningdek «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining agentlari esa Saudiya Arabistoni bozoridagi variantlarni o‘rganishmoqda.

So‘nggi yillarda «Galatasaroy» yulduz futbolchilarni transfer qilish borasida faollik ko‘rsatmoqda. O‘tgan yozda klub Leroy Saneni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan, shuningdek, Viktor Osimxenning transferi uchun 75 million yevro sarflagan edi.

Kiritildi: 18:58, 13.05.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик