Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sanya: "Agar "Bavariya" Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanida, Olise "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi"

Sanya: "Agar "Bavariya" Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanida, Olise "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi"

Baho:
+ | -

«Arsenal», «Manchester Siti» va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Bakari Sanya «Bavariya» vingeri Maykl Olisening joriy mavsumdagi o‘yinlariga yuqori baho berdi.

Oddschecker nashriga bergan intervyusida Sanya «Bavariya»ning YECHLdan chiqib ketgani futbolchining shaxsiy yutuqlariga ta’sir qilishini ta’kidladi.

«Menimcha, agar u ushbu mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqanida, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. «Bavariya»ning «PSJ»dan mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgani uning yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Ammo u Bundesliga va YECHLda fenomenal mavsumni o‘tkazdi. Olise maydondagi haqiqiy rassomdir.

Afsuski, odamlarning xotirasi qisqa. Ko‘pchilik faqat «PSJ»ga qarshi o‘yinni eslab qoladi va uni tanqid qilishni boshladi. Bu esa «Oltin to‘p» uchun kurashda unga qarshi ishlaydi. U kuchli uchlikka kirmasa kerak, ammo yaqin 3-4 yil ichida bu sovrinni qo‘lga kiritishiga ishonaman», — deydi Sanya.

Shuningdek, sobiq futbolchi «Bavariya»ning yevrokuboklardagi ishtirokiga to‘xtalar ekan, «PSJ»ga qarshi dastlabki o‘yindagi 20 daqiqalik omadsizlik va javob uchrashuvidagi hakamlarning qarorlari jamoaga qimmatga tushganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:30, 13.05.2026.
O'qildi: 90 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик